Şunga qaramay, u uçinçi urinişda maqsadiga erişa oldi - delegatlar soni böyiça farq juda kiçik, ammo mamlakat böylab unga ovoz bergan amerikaliklar soni Donald Trampga ovoz berganlar sonidan bir neça millionga köp.

BBC delaverlik avtodilerning öğli dunyoning eng katta mamlakati prezidentiga aylanişini ta'minlagan beş omil haqida fikr yuritgan.

1. «Kovid, kovid, kovid»
Katta ehtimol bilan, Bayden ğalabasining asosiy omili uning öziga boğliq emasdi.

230 mingdan oşiq amerikalikni hayotdan olib ketgan koronavirus pandemiyasi kundalik hayot tarzi va siyosatni özgartirib yubordi. Bu esa amaldagi prezident foydasiga emasligi ayon edi.

Buni Donald Trampning özi ham yaxşi anglardi, buni uning saylovoldi kampaniyasining oxirgi qismidagi xatti-harakatlaridan ham biliş mumkin edi.

«Yolğon xabarlar haqida gapiradigan bölsam, bu Covid, Covid va yana bir bor Covid», degandi u ötgan hafta boşida Viskonsindagi mitingda.

Ammo vaziyat şunçaki OAVning şov-şuvi emasdi, bu fuqarolarning hayotida aks etgandi. Sörovlar şuni körsatdiki, amerikaliklarning aksar qismi prezidentning inqiroz holatidagi harakatlarini qoniqarsiz deb baholaydi. Oktabr oyida Pew Research markazi tomonidan ötkazilgan tadqiqot natijalari Bayden 17 foizlik ustunlikka egaligini körsatayotgandi.

Pandemiya va uning ortidan kelgan iqtisodiy pasayiş Donald Trampni asosiy kuziridan - iqtisodiy ösiş va farovonlik bilan maqtana olişidan mahrum etdi. Sörovnomada qatnaşganlar prezidentning kamçiliklarini körsatib ötişgan: biror masalaga çuqur kirib borişni istamaslik, ilm-fan odamlariga işonmaslik, faqat bir kişiga quloq soliş bilan qaror qabul qiliş.

Aynan pandemiya Trampning işonç reytingini qulatdi - yozda reyting 38 foizgaça tuşdi - bundan esa Bayden va uning jamoasi foydalanib qolmasligi mumkin emasdi.

2. Sahna ortidagi kampaniya
Öz siyosiy faoliyati davomida Jo Bayden öz bayonotlari tufayli önğaysiz holatga tuşib yuruvçi siyosatçi degan nomga ega bölgandi. Nutqidagi kamçiliklar tufayli u 1987 va 2007 yillardagi prezidentlik kampaniyalarida muvaffaqiyatsizlikka uçraydi.

Uçinçi kampaniya boşlanişi ham uning uçun köngilsiz keçdi, bir neça bor çaynalib gapirişiga e'tibor qaratişdi, ammo bu jiddiy muammo tuğdirmadi.