The Guardian naşrining yozişiça, luğatda “lokdaun” sözining ma'nosi “jamoat joylariga boriş, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qat'iy çeklov qöyiş” deb izohlangan. Bu sözdan foydalaniş bir yil içida rekord darajada ösdi.
Collins Korpusida veb sayt, gazeta, kitoblar, bundan taşqari, radio, televideniye va suhbatlarda işlatilgan 4,5 milliard söz bor. Ular orasida “lokdaun” 2020 yilda 250 ming martadan köproq işlatilgani uçun tanlab olingan. Bu söz 2019 yilda atigi 4 ming marta işlatilgan.
BREAKING NEWS The Collins Word of the Year is… lockdown. Find out more about #CollinsWOTY 2020 and see the full shortlist here: https://t.co/4ZAEE47p9H#wordoftheyear #CollinsDictionary #lockdown pic.twitter.com/3OLL7RfSwS
— Collins Dictionary (@CollinsDict) November 10, 2020
“Til atrofimizdagi olamning aksidir, 2020 yilda butun dunyo böylab pandemiya hukmron böldi. Biz “lokdaun”ni u milliardlab odamlar hayotida muhim bölgani uçun tanladik. Odamlar virusdan saqlaniş uçun özlarining doimiy hayotidan çeklanişdi. Lokdaun işimizga, öqişimizga, xaridlarimizga va ijtimoiy hayotimizga ta'sir ötkazdi. Köp davlatlar allaqaçon ikkinçi lokdaunga kirdi”, - deydi Collins’ning til kontenti böyiça konsultanti Helen Nyusted.
Pandemiyaga oid boşqa sözlar: koronavirus, ijtimoiy masofa saqlaş, öz özini yakkalaş, vaqtinçalik iş joyini tark etiş (furlough) sözlari ham luğatdagi yuqori 10talikka kirdi.
Şuningdek, luğat Tiktoker (TikTokda doimiy videolar ulaşadigan kişi) sözini ham top 10talik röyxatga kiritgan.
2019 yilda “iqlim uçun kuraş” (climate strike), 2018 yilda “bir marta foydalaniladigan” (single-use), 2017 yilda “feyk xabar” (fake news), 2016 yilda “Breksit” (Brexit) yil sözi bölgandi.













