Germaniya hukumati «omikron» ştammi tarqalişi fonida 28 dekabrdan çeklovlar joriy etişni rejalaştirmoqda, deb xabar berdi Bild.
Naşr ma’lumotiga köra, mamlakat kansleri Olaf Şols bu masala böyiça hududiy ma’muriyatlar rahbarlari bilan muzokaralar ötkazmoqda. Agar çeklovlar joriy etilsa, bu mamlakatdagi uçinçi «yengil lokdaun» böladi.
Qayd etilişiça, yangi çoralar emlangan va emlanişni rad etgan barçaga taalluqli böladi. Bir joyda öndan ortiq odamlarning guruh bölib töplanişi taqiqlanadi. Barça klublar va raqs maydonçalari yopiladi.
Avvalroq Bloomberg agentligi Yevropa mamlakatlari «omikron» ştammi tarqalişiga qarşi kuraşiş uçun qöşimça çeklovlar kiritişi haqida xabar qilgandi. Jumladan, Niderlandiyada maktablar, dökonlar, restoran va jamoat joylari yopiladi, Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlar töxtatiladi.












