Videokonferensiyalar uçun dasturiy ta'minot işlab çiqiş bilan şuğullanuvçi “Zoom Video Communications” aksiyalari narxi 17 foizdan ortiqroqqa tuşib ketgaç, kompaniya asosçisi Erik Yuanning boyligi 5 mlrd dollarga kamaydi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Aksiyalar narxi “Pfizer” va “BioNTech” kompaniyalari koronavirus infeksiyasiga qarşi vaksinalari sinovining navbatdagi bosqiçi muvaffaqiyatli yakunlangani töğrisidagi hisobotni e'lon qilganidan söng tuşib ketdi. Kompaniyalarning ma'lum qilişiça, ular işlab çiqargan vaksinalar 90 foizdan ortiq samaradorlikni namoyiş etgan. Uşbu hisobotdan söng “Pfizer” va “BioNTech” aksiyalari birdaniga qimmatlaşdi.
Qator texnologik kompaniyalar aksiyalari narxi esa tuşa boşladi. “Zoom” bilan birga “Facebook” (4,99 foiz), “Amazon” (5,06 foiz), “FedEx” (5,68 foiz), “Netflix” (8,59 foiz) aksiyalari arzonlaşdi.
Natijada uşbu kompaniyalarning yirik aksiyadorlari bir neça milliard dollar yöqotişdi. Jyeff Bezos va uning sobiq turmuş örtoği Makkenzi Skottning boyligi mos ravişda 8,94 mlrd va 3,27 mlrd dollarga kamaydi. “Facebook” asosçisi Mark Tsukerberg 5,39 mlrd dollar yöqotdi.
“FedEx” rahbari Fred Smitning yöqotişi 250 mln, “Netflix” rahbari Rid Gastingsning yöqotişi 416 mln dollar deb baholandi.











