Davlat ayblovçisi, Samarqand şahar prokurori örinbosari Umid Hakimov Ş.K.ga qöyilgan ayblovlarni öqib eşittirdi.
Unga köra, Ş.K. özining turmuş örtoği Mustahkam Vahobovaga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103- (özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş), 105- (qasddan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) va 110- (qiynaş) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.


Ammo Ş.K. faqat qasddan badanga oğir jarohat yetkazganini tan olişi, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video haqiqiy ekanini ta'kidlab, boşqa ayblovlarni tan olmasligini bildirdi. Şuningdek, ayblanuvçi, turmuş örtoği M.Vahobovadan xafa emasligi, hali ham bir-birini tuşunib, keçirib, birga yaşaş tarafdori ekanini ta'kidladi.

M.Vahobova esa öz körsatmalarida buning aksini bildirdi:
«Men muttasil haqorat va xörliklarga 9 yil davomida çidadim. Undan faqat bir martasi kamera tasviriga tuşib qolgandi. Uni ham oxiri özim olib tarqatdim. Çunki men ham odamday yaşaşim kerak. Uydagi tinimsiz haqorat, kaltaklaş va xörlaşlardan taşqari, öz vaqtida ota-onam uyida, onamning köz öngida ham erim bostirib kirib meni kaltaklagan».
Sudda, muttasil xörliklar natijasida Vahobova öz joniga qasd qiliş maqsadida köp miqdorda dori içgani holati ham muhokama etildi. Uning turmuş örtoği bu holatga aloqasi yöqligi, çunki M.Vahobova bu vaqtda öz otasining uyida bölgani, uyda yaqinlari uni yana oilasiga qaytib, birga yaşaşga undagani uçun içgan bölişi yoxud raşk oqibatida şu işga qöl urgan bölişi mumkinligini ta'kidladi.
M.Vahobova turmuş örtoği uni farzandining köz öngida tahqirlaşi, xususan, axlat töla taglikni ham farzandi köz öngida yedirgani, bu kabi xörliklar kam emasligini aytib, suddan turmuş örtoğiga qonunda körsatilgan jazo berilişini söradi.
Sud 2020 yil 18 noyabr kuniga qadar tanaffus e'lon qildi.










