«Akfa Lightning LED» kompaniyasi özining birinçi yubileyini nişonladi. Uzoq yölni bosib ötgan va nafaqat Özbekistonni, balki qöşni davlatlarni ham «yoritgan» kompaniya. Uning yaratilişi, rivojlanişi va tadbirlari töğrisida bizning materiallarimizda batafsil tanişing.
11 noyabr kuni ajoyib tadbir bölib ötdi: «Akfa Lightning LED» kompaniyasi özining birinçi ön yilligini nişonladi. Tadbirda dastlabki 10 yillik işlar yakunlari sarhisob qilindi va kelajak rejalari aniqlandi. Şuningdek, kompaniyaning yaratilişi va rivojlanişiga hissa qöşgan xodimlarga esdalik sovğalarini topşirildi.

Yaratiliş va rivojlaniş tarixi
Kompaniya öz faoliyatini 2010 yildan boşladi. Öşanda asos solingan «Akfa Lightning» – energiya tejovçi lampalar işlab çiqarişga ixtisoslaşgan edi. Kompaniya öz oldiga Özbekiston aholisining uzoq işlatiladigan va işonçli yoruğlik manbalariga bölgan iste'mol talabini töliq qondirişni maqsad qilib qöygan edi. Ammo Özbekistonda işlab çiqarilgan lampalarga bölgan talab, tez orada mamlakatimizdan taşqarida ham oşib bordi!
Öşa vaqtda «Akfa Lightning» spiral lyuminessent lampalar işlab çiqaruvçi Markaziy Osiyodagi yagona kompaniya edi. Kompaniya tomonidan işlab çiqarilgan lampalarning birinçi modeli: Full spiral deb nomlanar edi. Oradan bir yil ötib, 2011 yilda işlab çiqariş kengaytirildi va bozorga yana ikki turdagi energiya tejovçi lampalar modellari: «Half spiral» va «U-tube» çiqarildi. Şu narsani qayd etib ötiş lozimki, 10 yil içida işlab çiqariladigan mahsulotlar assortimenti 100 barobardan ortiqqa köpaydi va hozirda 300 dan ortiq mahsulot turlari mavjud.
Işlab çiqarilgan mahsulotning yuqori sifati «Akfa Lightning»ga xalqaro bozorga çiqiş va butun MDH hududida lampalarni eksport qiliş imkoniyatini yaratdi. Öşanda lampoçkalar Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Ozarboyjon va Ukrainaga eksport qilina boşlandi. Qöşni davlatlardagi xaridorlar lampalarga yaxşi baho berişdi va bugungi kunda ham ularni xarid qilişda davom etmoqdalar!

Bozor va texnologiyalar bir joyda turmaydi, şu sababli, «Akfa Lightning» öz rivojlaniş yölida davom etdi va 2014 yilda «LED» texnologiyasi böyiça innovatsion lampalarni işlab çiqarişni yölga qöydi. Aynan şu holat, Kompaniya rivojlanişining yangi yönalişi va rebrending sababçisi bölib xizmat qildi, şu davrda kompaniya nomi özgardi va bugungi kunda biz biladigan «Akfa Lighting LED» kompaniyasiga aylandi. Rebrending omadli ötdi va yangi nom ostida kompaniya öz mahsulotlari qatorini ança kengaytirdi.















