Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori Akmal Burxonov qimmat narxlarda xizmat avtomobillarini sotib olayotgan davlat xizmatçilariga nisbatan çeklovlar qöllaşdan boşqa çora qolmayotgani haqida fikr bildirdi.
“Afsuski, ayrim mansabdor şaxslar bugungi murakkab (pandemiya) şaroitida davlat mablağlarining samarali sarflanişi naqadar muhim ekanligini töla anglab yetmayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda qizğin muhokama bölayotgan – qimmat narxlardagi xizmat avtotransportlarini xarid qiliş bunga yaqqol misol böla oladi.
Bunday hollarda davlat xizmatçilariga “Halollik vaksinasi”ni normativ hujjatlar qabul qilib, tegişli çeklovlarni qöllaş orqali singdirişdan boşqa çora qolmayapti”, – deb yozadi agentlik direktori.
Akmal Burhonovning ma'lum qilişiça, “Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalaniş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori loyihasida aynan şu kabi holatlarning oldini oliş rejalaştirilmoqda.
“Loyihaga köra, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari rahbar xodimlariga xizmat avtotransportlarni klassiga qarab biriktiriş normativlari (eng yuqori narxlari) belgilanadi.
Jumladan, tuman, şahar hokimlariga biriktiriladigan xizmat avtotransporti narxi BHMning 1200 baravari (267 mln. 600 ming söm)dan oşmasligi, davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar, Toşkent şahar bölinmalari rahbarlari xizmat avtomaşinasi narxi esa BHMning 700 baravari (156 mln. 100 ming söm)dan oşmasligi kerak böladi.
Davlat taşkilotlarida foydalanişda mavjud bölgan xizmat avtotransportlari xatlovdan ötkaziladi va belgilangan normativlardan ortiqça bölgan xizmat avtotransportlari E-IJRO AUKSION orqali auksion savdolarda sotilişi ta'minlanadi.
Xizmat avtotransportlarini sotişdan tuşgan mablağlar esa tegişliça respublika budjetiga va Qoraqalpoğiston Respublikasi budjeti, viloyatlar hamda Toşkent şahar mahalliy budjetlariga yönaltiriladi.
Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarida xizmat avtotransportlarini yangisiga almaştiriş undan kamida 5 yil foydalanilgandan söng amalga oşiriladi. Bunda avtotransportning texnik holati, undan foydalaniş xavfsizligi, şuningdek, yangisiga almaştirişning iqtisodiy maqsadi inobatga olinişi lozim böladi.










