Nur-Sulton şahar içki işlar boşqarmasi ma'lumotlariga köra, Jiyenqulov köçasida 38 yoşli Özbekiston fuqarosi töxtatildi. Uning polietilen paketini tekşiriş paytida qirqma miltiq topildi.
Mutaxassislarning xulosasiga köra, silliq stvoli qirqilgan öqotar qurol 16 kalibrli ov miltiğini qölbola qirqib yasalgan. Miltiqning zavod raqami öçirilgan, qurol öq otişga yaroqli. Bundan taşqari, politsiya 20 ta patronni musodara qildi.
Tezkor profilaktika tadbiri davomida qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar va moslamalarni noqonuniy işlab çiqariş va sotiş bilan boğliq jami 11ta jinoyat aniqlandi. Ular yuzasidan Qozoğiston Jinoyat kodeksining 287-moddasi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda.










