Belaruslik jinoyatçilar Germaniyada yuk poyezdidan 40 dona NATO tipidagi avtomatlarni öğirlab ketgan va ularni darknetda sotiş niyatida bölgan. Bu haqda Bild gazetasi 12 aprel, juma kuni xabar berdi. Naşr ma’lum qilişiça, Xitoyda işlab çiqarilgan miltiqlar dengiz orqali Hamburg portiga yetkazilgan va u yerda 16 mart kuni Bavariyadagi qurol-yaroğ omboriga ketayotgan yuk poyezdiga ortilgan.
Belarusdan maxsus kelgan jinoyatçilar Quyi Saksoniya federal yerida poyezd qorovulsiz turgan paytni aniqlab, qoronği vaqtda taşqi körinişidan Amerikaning M16 quroliga öxşagan yarim avtomatik miltiqlar örnatilgan qutilarni olib çiqib ketgan. Ular öljalarini poyezdlar töxtaş joyi yaqinidagi yerga kömib qöygan, deb yozadi Bild.
Politsiya iti yaşirilgan qurollarni topdi
Ammo maxsus öqitilgan federal politsiya iti jinoyat joyi yaqinida öğrilar taşlab ketgan qurollarni hididan aniqlay oldi. Miltiq qutilari topildi, ammo bu vaqtga kelib jinoyatçilar ğoyib böldi - ular öljani darknetda sotiş uçun jinoyat sodir etilganidan söng darhol Germaniyani tark etib, miltiqlar hali ham kömilgan joyda yotganiga işongan.
Biroq politsiya jinoyatçilarni ortda qoldira oldi. Ular böş qutilarni yana kömib qöydi va bir neça haftadan söng öğrilar qurollarni oliş uçun qaytib kelganida qölga olindi. 30 va 45 yoşli ikki belaruslik uşlangan. Ular tergov izolyatoriga joylaştirildi, biroq körsatma berişdan boş tortdi.
Belarusliklar Germaniyadagi aynan qaysi vagonda miltiq borligini qayerdan aniq bilgani noma’lum. Qurol yöqolganini faqat 20 mart kuni Nyurnbergdagi temiryölçilardan biri payqagan. Politsiyaning ta’kidlaşiça, öğirlangan qurollar odamlarni uzoq masofadan aniq öldiriş imkonini bergan.












