Ta'kidlanişiça, poyezd qatnovi Ozarboyjonning Naxiçevan şahriga yölga qöyiladi. Bu boradagi dastlabki tadqiqotlar yaqin orada yakunlanadi. 

Qoraismoilöğluning ta'kidlaşiça, Ozarboyjonning asosiy qismidan Armaniston hududi bilan ajralgan Naxiçevan muxtor respublikasiga temir yöl quriş qarori Kavkazdagi oxirgi voqealar, ya'ni Toğli Qoraboğdagi ixtilofning keskinlaşuvi va Ozarboyjon hamda Armaniston örtasida yaraşuv imzolanişi ortida qabul qilingan.   

Bu orada Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning ta'kidlaşiça, Qoraboğ böyiça kelişuv Armaniston va Eron örtasidagi temir yöl aloqasining tiklanişini közda tutadi. Bu masala ham yaqin orada körib çiqiladi. 

Naxiçevan Ozarboyjonning Turkiya bilan umumiy çegaraga ega yagona hududi hisoblanadi. Ikki davlat örtasidagi çegara uzunligi bor-yöği 10 kmga yaqinni taşkil qiladi va Araks daryosi orqali ötadi. 1992 yilda Araks orqali köprik qurilgan bölib, u orqali avtomobil yöli ötgan. 2012 yilda öşa vaqtda Turkiya boş vaziri bölgan Rajab Toyyib Erdöğan Naxiçevan va Turkiyaning Igdir şahri örtasida temir yöl qurilişi haqida ma'lum qilgan.