Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanga suiqasd qilişga urinişgan. Bu haqda mamlakat xavfsizlik xizmati saytida xabar berildi.

Taşkilot saytida yozilişiça, Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanning siyosiy raqiblari unga qarşi suiqasd uyuştirgan va mamlakat MXX ötkazgan tezkor tadbir davomida terakt bartaraf etilgan. A.M. ismli şaxs hukumatga qarşi işlarni amalga oşiriş maqsadida öz uyida qurollar, öqdori va boşqa turli xil portlovçi moddalar saqlab kelgan.

«Amaldagi hukumatga qarşi bölgan siyosatçilar bilan kelişgan bu odam boş vazirni lavozimidan uni öldiriş orqali mahrum qilişga uringan», deyiladi Armaniston MXX bayonotida.

Oldinroq Armaniston MXX sobiq rahbari, «Rodina» partiyasi yetakçisi Artur Vanetsyan ham aynan Nikol Paşinyanga suiqasd uyuştirişda yordam beriş ayblovi bilan qölga olingandi. Undan taşqari sobiq deputat  Vagram Bagdasaryan, Armaniston revolyutsion federatsiyasi a'zosi A.A. va Sisian köngilli otryadi komandiri A.M. ham qölga olingan.

Armaniston MXXning ma'lumotiga köra, qölga olinganlarning uyidan pulemyot, granatamyot, snayper miltiği, katta miqdorda öqdori, detonator va turli xil portlovçilar topilgan.

Ma'lumot uçun, Nikol Paşinyan Toğli Qoraboğdagi jangda Armaniston taslim bölganini e'lon qilgaç, mamlakatda uning iste'fosini talab qilib ötkazilayotgan namoyişlar töxtamayapti.

Nikol Paşinyan 9 noyabr kuni jonli efirda armanistonliklarga murojaat qilib