Buxoroning sönggi amiri Sayid Olimxonning otasi Sayid Abdulahadxon 1894 yildan vafotiga qadar amirlikni Karmanadan turib boşqargani haqida ma'lumotlar bor.
Şu davrda u Karmana atrofida Çarmgarçorboğ, Gulçorboğ, Boği olçin, Jarçorboğ kabi bir neçta çorboğlar qurdirgan. Şulardan bugungaça faqat bittasi saqlanib qolgan. Bu – Karmana tumanining Köhnaqörğon mahallasida, Zarafşon daryosiga yaqin hududda joylaşgan Mirzaçorboğ.
Mazkur obida Sayid Abdulahadxonning yozgi qarorgohi hisoblangan. 1900-1905 yillarda barpo etilgan, betakror me'moriy uslubga ega uşbu saroy nafaqat tarixiyligi, balki naqqoşlik, gançkorlik, yoğoç öymakorligi san'atining öşa davrga xos namunalari aks etgani bilan qimmatlidir.
Mirzaçorboğning qurilişida me'mor Abdurahim Turdimurod öğli Ğazğoniy boş-qoş bölgan; öşa davrning nomdor gançkor ustasi Şirin Murodov ham iştirok etgan.
Saroy 1942–43 yillarda polyak askarlari uçun kazarma qilib berilgan. Söngra qişloq xöjaligi uçun foydalanişgan, jumladan, pillaçilik idorasi bölgan. Afsuski, bugun u xarobazorga aylangan.
Keyingi yillarda Madaniyat vazirligi köplab tarixiy obidalarga e'tibor qaratdi, ayrimlari katta mablağ evaziga ta'mirlandi, obod etildi. Ammo negadir Mirzaçorboğga na Madaniyat vazirligi, na mahalliy hokimiyat «nazar solmoqçi» emas. Hatto atrofini begona ötlardan tozalab qöyişning imkoni yöqdek, göyo.
Karmanada bunday saroy borligini çet ellik turistlar tugul köplab karmanaliklarning özlari bilmaydi. Bilganlar esa borib, tilla izlab köriş maqsadida özi qarovsiz bölgan qarorgohning devor va gançkor naqşlarini buzib taşlaşmoqda. Bundan 2–3 yil oldin mavjud bölgan saroyning old kiriş qismi hozirda butunlay qulab tuşgan. Sababi, mahalliy aholi örtasida saroyning örta kiriş qismidagi zinaning tagidan yaqin ötmişda bir sandiq tilla çiqqani (hozir bu zina yöq) xususida gap-söz yuradi. Agar ahvol şu tariqa davom etsa, yana 5–10 yildan söng saroy butunlay qulaşi aniq.


















