16 noyabr kuni Özbekistonda ilk marta yuridik şaxslar uçun yanada maqbul taklif taqdimoti bölib ötdi. «Manfaatli birlaşuv» jamlangan yeçimi – birgina töplamda asosiy xizmatlar, muvaffaqiyatli biznes faoliyatini olib borişda zarur bölgan an'anaviy tezkor internet va mobil aloqa, şuningdek, qöşimça raqamli xizmatlar: şaharlararo qönğiroqlar, ma'lumotlarni uzatiş (VPN), IPTV, doimiy IP-manzil kabilarni özida jamlagan.

«Manfaatli birlaşuv»ning istalgan töplamida bir yoki bir neça raqamli xizmatlarga çegirmalar közda tutilgan. «Manfaatli birlaşuv»ga ulaniş vaqtida korporativ mijoz FTTx texnologiyali simli internet va imtiyozli tarifdagi mobil aloqani ham öz içiga olgan asosiy xizmatlar töplamiga ega böladi.

Elvira Gimadiyeva, maxsus biznes yeçimlarni rivojlantiriş departamenti direktori:

«Hamkorimiz Nano Telecom bilan birgalikda kiçik va örta biznes hamda yirik kompaniyalarning ehtiyojlarini hisobga olgan holda jamlangan yeçimni işlab çiqdik. Biz sekundiga 100 megabit tezlikkaça internetga ega 5 ta töplam va mijozning tanloviga qarab yana 4 ta qöşimça xizmatlarni taklif qilamiz.

Töplamga yangi korporativ mijozlar qatori, Ucell Business'ning amaldagi mijozlari ham ulanişlari mumkin. Mazkur taklif hozirça faqat Toşkent şahri uçun amal qiladi».

Uşbu yeçim biznes sohasida keng qöllaniladigan xizmatlardan foydalanişda mablağni sezilarli darajada tejab qoliş imkonini beradi. Taklifning öziga xosligi şundaki, korporativ mijoz öz faoliyati ehtiyojlaridan kelib çiqib, özi uçun eng maqbul töplamni tanlaydi.

Nano Telecom – bu optik tolali tizimlar asosidagi öz transport tarmoğiga ega yetakçi aloqa operatorlaridan biri. U yuqori tezlikdagi internet, telefoniya, raqamli televideniye va ma'lumotlarni uzatiş kabi barça telekommunikatsion xizmatlarining töliq jamlanmasini taklif qiladi.

Lola Eşçanova, Nano Telecom marketing bölimi rahbari:

«Nano Telecom tarmoğiga poytaxtdagi barça biznes-markazlarning 2/3 qismi, yirik tijorat banklari, savdo-köngiloçar markazlar, savdo va sanoat korxonalari, yirik mehmonxonalar va önlab zamonaviy turar joy majmualari ulangan. Özbekistondagi birinçi raqamli aloqa operatori bilan hamkorlikdagi loyiha telekommunikatsiya bozorini yangi bosqiçga olib çiqadi va biznes uçun yanada foydaliroq bölgan yeçimlarni beradi».

Bugun tadbirkor öz ehtiyojlaridan kelib çiqib, sarf-xarajatlarini tejagan holda, kerakli xizmatlar töplamini tanlaşi mumkin. Manfaatli birlaşuv – bu kompaniyalar uçun Ucell Business'dan taklif qilinayotgan eng maqbul yeçim.