Ma'lumotlarga köra, Qora dengizga Misrning Oliver Hazard Perry turidagi Alexandria F911 fregati, Gowind sinfidagi El Fateh 971 korveti va Ezzat sinfidagi Ambassador MK III M.FAHMY 686 raketa kateri kirgan. Kemalar uşbu hududda 17 noyabrdan 24 noyabrgaça qoladi. Ta'kidlanişiça, Misr birinçi marta harbiy kemalarini Qora dengizga jönatmoqda.
Bu ikki davlat flotining uşbu hududdagi birinçi qöşma maşğulotlari hisoblanadi. Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga köra, “Döstlik köprigi – 2020” deb nomlangan maşğulotlar xavfsizlik va barqarorlik manfaatlari yölida ötkaziladi. Montryo konvensiyasiga köra, Misr kemalari Qora dengizda 21 kundan köproq qola olmaydi va ularning harakatlari çeklangan körinişda böladi.
Maşğulotlar davomida nafaqat Qora dengizda, balki Örta yer dengizida xavfsizlikni ta'minlaş böyiça manyovrlar maşq qilinadi. Bunda Liviyadagi vaziyat hisobga olinadi.
Rossiya va Misr bir neça yildan beri muntazam ravişda qöşma maşğulotlar ötkazib keladi. Ikki davlat flotlari tarixidagi birinçi qöşma maşğulotlar “Döstlik köprigi” 2015 yil iyunda Örta yer dengizida ötkazilgan. 2019 yil noyabrda esa ikki davlat havo hujumiga qarşi mudofaa qöşinlarining “Döstlik nayzasi – 2019” deb nomlangan maşğulotlari, undan avvalroq esa desant qöşinlarining “Döstlik himoyaçilari – 2019” maşğulotlari bölib ötgan.












