Yaqin tariximiz tom ma'noda dramatik voqealarga boy bölganini bilamiz. Biroq ba'zida hali köp narsani bilmasligimiz ma'lum bölib qoladi, zero noma'lum bölgan hodisalar oçiladi, ötmişning yangi qirralari böy çözadi.
Ba'zida yuz bergan hodisalar bilan tanişiş jarayonida kişi ötkir syujyetli badiiy film körgandek böladi... Zero, yaqin moziydan kelgan xabarlar – voqealar özining keskin, biz kutmagan rivoji bilan hayratda qoldiradi.
Voqeamiz qahramoni prokuratura tizimida işlagan. Uning biografiyasi boşqa xodimlarniki kabi bölişi mumkin edi, biroq bir nuqtaga kelib boşqa tarafga burilib ketdi, hibsga olinişi, qiynoqqa solinişi va oxir-oqibat tuhmat bilan qamoqqa taşlanişi bilan tugadi.
Sababi – öz kasbi taqozosi ila u maxfiy topşiriqqa asosan jinoiy guruhni javobgarlikka tortgan edi.
«Bu uning vazifasi-ku», deysiz albatta. Ha, şunday, biroq u «foş qilinişi mumkin bölmagan» jinoiy guruhlarga qonuniy çora körgani unga qimmatga tuşdi...
2006 yilda Qaşqadaryo viloyat MXX va prokuraturasiga öşa vaqtda boş vazir bölgan Şavkat Mirziyoyevning imzosi bilan «Şörtangaz»da gaz kondensati mahsulotlari talon-toroj qilinişining oldini oliş böyiça maxfiy topşiriq keladi.

Jinoiy töda rahbarining ismi Şaynazar bölgani bois, bu guruh jinoyat olamida «Şayna» nomi bilan tilga olingan.
Uşbu topşiriq yuzasidan Qaşqadaryo viloyat MXX boşqarmasi boşliği Aleksandr Morozov va viloyat prokurorining birinçi örinbosari Farhod Şaymanovlar hamkorlikda tegişli çora-tadbirlar belgilab, jinoiy guruhni foş etiş böyiça suriştiruv-tergov jarayonlarini boşlab yuboradi.
Mazkur topşiriq bajarilişi jarayonida Surxondaryo viloyati orqali Tojikiston va Afğoniston davlatlariga aylanma yöllar orqali ğayriqonuniy ravişda olib ketilayotgan 40 (qirq) tonna gaz kondensat mahsulotlari Qaşqadaryo viloyati Dehqonobod tumani hududida huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan qölga olinadi. Ammo jinoiy guruh a'zolari organ xodimlariga faol qarşilik körsatib, 4 nafar IIB xodimining qöl va oyoqlarini sim bilan boğlab, oğizlariga latta tiqib, çuqurga taşlab yuborişadi.
Şundan söng holat yuzasidan jinoyat işi qözğatiladi, jinoiy guruh a'zolarini foş etiş va uşlaşga qaratilgan keng kölamli tergov-tezkor tadbirlari ötkaziladi.















