Norma’ning yozişiça, «Oltin davr» xalqaro musiqa yarmarkasi 2021 yildan boşlab mamlakatda ötkazib kelinayotgan «Şarq taronalari» xalqaro musiqa festivali, Xalqaro maqom san'ati anjumani, Xalqaro baxşiçilik san'ati festivali hamda kelgusida taşkil etiladigan boşqa musiqa anjumanlari va festivallari doirasida ötkaziladi. 

Yarmarkani taşkil etiş va ötkaziş bilan boğliq sarf-xarajatlar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantiriş jamğarmasi hamda yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan qoplanadi.
 
Madaniyat vazirligiga Yarmarkani taşkil etiş va ötkaziş doirasida quyidagi vazifalar topşirildi:

taşkilotçi sifatida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda barça taşkiliy va ijodiy işlarni muvofiqlaştirib boriş;

yarmarkada qatnaşiş istagini bildirgan iştirokçilar, xorijdan taklif etiladigan mutaxassislar, san'atkorlar va san'atşunoslarning röyxatini şakllantiriş hamda ularni yarmarkaga jalb etiş;

yarmarkani zamonaviy texnologiyalardan keng foydalangan holda yuqori badiiy saviyada ötkaziş çora-tadbirlarini amalga oşiriş.
 
Qaror bilan Xalqaro musiqa yarmarkasini ötkaziş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Unda ta'kidlanişiça, yarmarka Özbekiston va xorijiy mamlakatlar örtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlaş va soha böyiça xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantiriş, özbek milliy musiqa san'atining noyob durdonalarini dunyo miqyosida yanada keng tarğib etiş maqsadida ötkaziladi.
 
Nizomda yarmarkani moliyalaştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Taklif etilganlardan farqli ölaroq, xorijiy iştirokçilar kelib-ketiş, ovqatlaniş va yaşaş xarajatlarini özlari qoplaydilar. Mahalliy iştirokçilarning xarajatlari taşkilotçi tomonidan qoplanadi.
 
Hujjat 7.11.2020 yildan kuçga kirdi.