Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatidagi xonadonda 8 kilogramm og‘irlikda giyohvandlik vositasi aniqlandi
2020 yilning 4 noyabr kuni soat 11:00da Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumani IIB JQB xodimlari tomonidan “Qoradori-2020” tadbiri o‘tkazilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Tadbir davomida O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi, 39 yoshli A.X.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. U qoplar va polietilen paketlar hamda 10 dona qog‘oz bo‘laklarga alohida qadoqlab maydalangan holda quritilgan “nasha” giyohvandlik o‘simligini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Sud-kimyoviy ekspertizada A.X.ning xonadonidan olingan qoplarda giyohvand modda - kannabis mavjudligi va umumiy vazni 7089 grammni tashkil etishi, bundan tashqari polietilen paketda umumiy og‘irligi 1267 grammni tashkil etuvchi va 10 dona qog‘oz o‘ramlari ichidagi maydalangan holda bo‘lgan, 4,54 grammni tashkil etuvchi kannabis giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib, giyohvandlik vositalari umumiy vazni 8360,54 grammni tashkil etganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida A.X. jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan hamda unga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
17:31 / 12.06.2026
Giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlik kuchaytirildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
09:05 / 12.06.2026