Soğliqni saqlaş vazirining tegişli buyruği bilan Muhsin Mansuroviç Rajabov Buxoro viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boşliği etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.

U bu lavozimda 2024 yil oktyabridan buyon işlab kelgan Elyor Oltiyev örnini egalladi.

Muhsin Rajabov 2002 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutining bakalavriat, 2004 yilda klinik ordinatura bosqiçini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialida neyroxirurg sifatida boşlab, keyinçalik uşbu muassasada bölim mudiri, davolaş işlari böyiça direktor örinbosari – boş şifokor vazifalarida mehnat qilgan.

Tibbiyot fanlari nomzodi M. Rajabov tayinlovga qadar Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali direktori lavozimida işlab kelayotgan edi.

Tajribali mutaxassis öz faoliyati yönalişi böyiça Polşa, Rossiya, Janubiy Koreya kabi qator xorijiy davlatlarda malaka oşirib qaytgan.