“Sputnik V” koronavirusga qarşi vaksinasini işlab çiqqan Gamaleya nomidagi markaz Jahon soğliqni saqlaş ştab-kvartirasiga sertifikatsiyadan ötkaziş töğrisida ariza berdi. Bu haqda JSSTning Rossiyadagi rasmiy vakili Melita Vuynoviç ma'lum qildi.
Uning sözlariga köra, JSST hozirça birorta ham vaksinani samarali deb e'lon qilmadi, çunki har bir vaksina dastlab Emergency Use Listing baholaş tizimidan ötişi lozim.
"Bu pandemiya vaqtida amalga oşiriladigan şartli sertifikatsiya hisoblanadi. Mamlakatdagi barça vaksinalar ana şu sertifikatsiyadan ötişi lozim. “Sputnik V” vaksinasini işlab çiqaruvçilar sertifikatsiyadan ötkaziş uçun JSST ştab-kvartirasiga ariza berdi", - dedi Vuynoviç.
11 avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat dunyoda birinçi bölib koronavirusga qarşi vaksinani röyxatdan ötkazganligini e'lon qilgandi. U keyinroq “Sputnik V” nomini oldi.
Vaksinaning samaradorligi 92 foiz deb baholanmoqda.













