Köpinça «Özbektelekom» AKga internet tezligi böyiça jahon reytingida Özbekistonning mavqeini yaxşilaş töğrisida öqiganlari haqida savol berişadi. Şu bilan birga, muştariylar tariflar özgarişi sekin bölayotganini, xizmat tezligi esa deyarli ortmayotganini yozadilar. Sizga tariflar qanday pasaytirilganligi va internet xizmatlarini taqdim etiş tezligi qançalik ortganligini aniq misollarda körsatib berişga harakat qilamiz.

«Özbektelekom» AK tomonidan 2018-2020 yillarda Özbekistonda internet tarmoğiga keng polosali ulaniş xizmatlarini rivojlantiriş böyiça katta işlar olib borildi. Şu jumladan, operator va provayderlar uçun 2018 yildan 2020 yilgaça taşqi internet kanal narxi 244,9 ming sömdan 45 ming sömgaça, ya'ni 5 barobardan köproqqa arzonlaştirildi.

Şu bilan birga, respublikaning operatorlari va provayderlari uçun CDN serverlaridan foydalaniş imkoniyati bölgan UZ-IX tarmoğining piring tarmoği xizmatlari uçun maxsus tariflar işlab çiqilgan va bu orqali operatorlar va provayderlar öz abonentlariga mahalliylaştirilgan internet xizmatlarini taqdim etiş imkonini beradi. Şuni ta'kidlaş joizki, belgilangan narxlar xalqaro paketli kommutatsiya markazi orqali xalqaro internet-kanal xizmatlari narxidan sezilarli darajada, ya'ni 2-3 baravar past va bu piring tarmoğiga ulangan respublika operator va provayderlar uçun öz abonentlariga jahon darajasidagi yaxşi xizmatlarini taqdim etiş imkonini beradi.

Kompaniyaning internet xizmatlaridan keng foydalaniş imkoniyatini oşirişga qaratilgan tarif siyosati natijasida, körsatilgan davr oraliğida tezlikni sezilarli darajada oşiriş va xizmat narxini tuşirişga erişildi.

Misol uçun, agarda jismoniy şaxs sifatidagi abonentlarga 2018 yilda 350 ming söm evaziga 4 Mbit/s tezlikda internetdan çeksiz foydalaniş imkoniyati taqdim etilgan bölsa, bugungi kunga kelib uşbu tezlikdagi internet xizmati 88 ming söm evaziga taqdim etilmoqda. Ulaniş tezligi böyiça taqqoslasak 2018 yilda 200 ming söm evaziga 2 Mbit/s tezlikda internet xizmati taqdim etilgan bölsa, hozirda 199 ming söm evaziga 30 Mbit/s tezlikda internet xizmatlaridan foydalaniş mumkin.

Şu tarzda Internet xizmatlari narxi örtaça 4 barobarga pasaytirilgan bölsa, ulaniş tezligi 15 barobarga oşirildi.