Bayonotda 2030 yilgaça şamol energiyasidan olinadigan energiyani 4 baravar köpaytiriş rejalaştirilgani va faqatgina şu sohada 60 ming yangi iş örni yaratilişi ta'kidlangan.
Xabarga köra, vodoroddan olinadigan energiya quvvati 2030 yilga kelib 5 gigavattga yetişi kutilmoqda. Şuningdek, atom energiyasining toza energiya manbai sifatida qöllab-quvvatlanişi aytilgan. Britaniya katta atom elektr stansiyalaridan taşqari, rivojlangan kiçik AESlarni quriş orqali bu sohada jami 10 ming kişini iş bilan ta'minlamoqçi.
Qirollikning «yaşillaştiriş loyihasiga» köra, elektrda harakatlanuvçi transport vositalarini sotib oliş uçun imtiyozlar beriladi, ularni quvvatlovçi şoxobçalar soni köpaytiriladi. Mamlakatda jamoat transportida, velosipedda va piyoda yuriş rağbatlantiriladi. Keyingi bosqiçda esa uglerod çiqarmaydigan samolyotlar va kemalar işlab çiqariş böyiça tadqiqot işlari qöllab-quvvatlanadi.

Reja doirasida uylar, maktablar va şifoxonalar energiya tejamkor qilib quriladi, uglerod çiqindilarini yöq qiliş böyiça texnologik harakatlar jadallaştiriladi. Har yili 30 ming gektar yerni örmonlaştiriş va Londonning moliyaviy markazi London Sitini yaşil moliya markaziga aylantiriş işlari boşlanadi.









