Shuningdek, Rossiya Ot sporti federatsiyasi prezidenti Marina Vladimirovna Sechina bir ovozdan assotsiatsiya prezidenti etib saylandi.
Assotsiatsiya – Yevroosiyo mintaqasi hududida ot sportini rivojlantirish, a'zolari manfaatlarini himoya qilish, Yevroosiyo mamlakatlari guruhining tashabbuslari va sport sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuzilgan ixtiyoriy jamoat birlashmasi hisoblanadi.
Umumiy yig‘ilish majlisida FEI Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar de Vos assotsiatsiya tuzilgani munosabati bilan o‘z tabrigini bildirdi.
Yilqichilik va ot sporti federatsiyasi
Matbuot xizmati







