Ayniqsa, top klublar dekabr oyida har uç kunda maydonga tuşadilar. Dastlabki kunlardan esa, bizni bir qator qiziqarli uçraşuvlar kutib turibdi. «Piçoqqa ilinadigan»lari bilan tanişing.

VILYaRReAL – ReAL MADRID (21 noyabr, 20:15)

Madridliklar mavsumni u qadar işonçli boşlaşmadi. Turnir jadvalida «Real» yöqotilgan oçkolar böyiça 3-örinda bölsa-da, sönggi öyinda Valensiyadagi yirik mağlubiyat hamda yaqin taqvimda jamoani bir qator oğir uçraşuvlar kutib turgani Zidanning vazifasini yanada oğirlaştiradi. «Real» keyingi 25 kun içida 8 uçraşuvda maydonga tuşadi. Bu töqnaşuvlarda «Real» YeÇL dagi oğir ahvolini önglaşi, şuningdek, «Vilyarreal», «Sevilya», «Atletiko» va «Atletik» kabi jamoalarga qarşi maydonga tuşişi kerak. Mana şu mas'uliyatli oyda Madrid klubining muhim turnirlardagi imkoniyatlari yuzaga çiqadi.

«Vilyarreal» mana şu sinovlarning dastlabkisi. Emeri jamoasi yozda bir qator e'tiborli xaridlar bilan kuçaydi. Mavsum boşida «Barselona»dan mağlub bölgaç, barça musobaqalardagi keyingi 10 uçraşuvni mağlubiyatsiz ötkazib, 8tasida ğalaba qozondi. Bundan taşqari, «Vilyarreal» ayniqsa, uy uçraşuvlarida «Real» uçun juda noqulay raqib ekanini ham e'tirof etiş kerak. Madridliklar «Estadio de la Keramika»da oxirgi 5 öyinning atigi 1 tasida ğalaba qozonişgan, oxirgi uç öyin bir xil – 2:2 hisobida yakuniga yetgan.

Tarkiblarga töxtaladigan bölsak, mehmonlarda yöqotişlar ança köp. Markaziy himoya endigina izga tuşgan paytda, Ramos ham, Varan ham milliy jamoa safidagi öyinlarda jarohat olişdi va birinçi taymda almaştirilişdi. Jarohatlarning qay darajada jiddiyligi ma'lum emas, ammo bu öyinda Ramos iştirok etmasligi aniq, Varanning esa tayyor böliş ehtimoli juda past. Şuningdek, avvalroq Mendi, Odriosola, yarimhimoyada Vaskes, Kazemiro, Valverde kabi futbolçilar ham jarohat olişgandi. Karim Benzema ham «Real»ga yordam bera olmaydi. Mezbonlar safida esa, Xayme Kosta va Xuan Foytning holati söroq ostida, Alberto Moreno esa, bahorgaça safdan çiqqan.

Har ikki klub ham kelasi haftada yevrokuboklarda maydonga tuşadilar. «Vilyarreal» yuz foizlik natija bilan Yevropa ligasi guruhida peşqadamlik qilayotgan bölsa, «Real» yuqorida aytilganidek, YeÇL da ança masalani hal qilişi kerak. Çorşanba kuni Zidan şogirdlarini «Inter» kutib turibdi.

TOTTeNHEM – MANÇeSTeR SITI (21 noyabr, 22:30)

Joze Pepga qarşi. Öz vaqtida bu bahs nafaqat ma'lum bir çempionatning, balki butun Yevropaning asosiy qarama-qarşiligiga aylangandi. Murabbiylarning nafaqat yutuqlari, balki futbolga bölgan munosabati, xarakteri va ğoyalari tomonidan ham bu ikki şaxs göyoki ikki qutbga aylangandi. Hozirda Angliyada Pepni köproq Klopp bilan qiyoslaşmoqda, ammo «Tottenhem»ning sönggi paytlardagi işonçli öyinlari va aksinça, «Mançester Siti»dagi ba'zi muammolar tufayli, bu öyin ham juda qiziqarli va şiddatli ötişi kutiladi. Şu yilning fevralida londonliklar ğalaba qozonganliklari, odatiy ravişda Mourinoning ikkinçi mavsumlari ança muvaffaqiyatli keçişini ham inobatga olsak, «Tottenhem» tomoniga yana bir-ikki tanga taşlanadi. Umuman sönggi ikki yilni olsak, «Tottenhem» ötgan mavsumda 4 oçko olişga muvaffaq böldi, Çempionlar Ligasida «şaharliklar»ni çiqarib yubordi.