Senatning tegişli qömitasi yiğilişida taşqi mehnat migratsiyasi masalasi muhokama etildi. Yiğilişda iştirok etgan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinçi örinbosari Erkin Muhiddinov endilikda xususiy bandlik agentliklari yangi tartib böyiça iş faoliyatini davom ettirişini ma'lum qildi.
«Bu borada köp noxuş holatlar böldi, köp fuqarolar aldanib qoldi. Şu asnoda, «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi qonunga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Yuzaga kelayotgan muammolarning yeçimi qonun bilan mustahkamlandi.
Masalan, XBAlarga fuqarolardan xorijda işga joylaştirgani uçun pul oliş taqiqlandi. Ular faqat konsultatsiya xizmatini körsatgani uçun bazaviy hisoblaş miqdorining bir baravarida (taxminan 223 ming söm – tahr.) haq olişi mumkin.
Bundan taşqari, xorijga işga joylaş böyiça tegişli litsenziyani qölga kiritiş uçun vazirlik huzuridagi taşqi mehnat migratsiyasi böyiça tegişli jamğarmasida bazaviy hisoblaş miqdorining 8,5 ming baravarida zaxira mablağini şakllantirişi belgilandi. Bu avval 50 ming dollarga teng qiymatda bölgandi, hozir 185 ming dollargaça oşirilgan.
Şuningdek, har bir fuqaro bilan tuzilgan şartnoma vazirlikning axborot tizimida hisobga qöyiladi», — dedi Muhiddinov.

Vazirning birinçi örinbosari Erkin Muhiddinovning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, xorijga işga joylaştirilayotgan şaxslardan bevosita xizmat haqi undirilmaydi, aksinça, XBA xizmat haqini xorijdagi iş beruvçi tölab beradi. Bu jahon tajribasida rekruting kompaniyalar tomonidan keng qöllaniladi.
Ma'lumot uçun, Xalqaro mehnat taşkilotining «Xususiy bandlik agentliklari töğrisida»gi, 181-sonli xalqaro konvensiyasi 7-moddasiga asosan, XBA talabgordan körsatgan xizmati uçun pul olişi taqiqlangan. Çunki iş izlab yurgan fuqaro moliyaviy oğir ahvolda qolgan fuqaro hisoblanadi.












