Sudda davlat ayblovçisi, Samarqand şahar prokurori örinbosari Umid Hakimov sudlanuvçi Ş.K. tomonidan qilingan jinoyatlar oğir ekanini e'tiborga olib 8,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilaşni söradi.

«Bu jinoyatlar oiladek muqaddas maskanda, ayniqsa ojizaga nisbatan sodir etib kelinganiga e'tibor qaratişingizni sörardim. Qolaversa, Ş.K.ning oldin ham sudlanib, amnistiya tufayli ozodlikka çiqqani, bundan taşqari, 22 marotaba unga nisbatan ma'muriy çora körilganiga ham e'tibor qaratiş kerak, deb öylayman. Mazkur holatlar sudlanuvçi şaxsining kimligini anglatadi», dedi davlat ayblovçisi.
Sudlanuvçi Ş.K. muzokara sözida, barçadan, jumladan, turmuş örtoğidan keçirim söraşini bildirib, jazoni ötagandan söng ham turmuş örtoği bilan birga yaşaşini ma'lum qildi.

Jabrlanuvçi Mustahkam Vahobova esa birga yaşaşga rozi bölmasligi, mazkur voqea va javobgarlik turmuş örtoği, umuman, boşqalarga ham saboq bölişini istaşini ma'lum qildi.
Sud 1 dekabrgaça tanaffus e'lon qildi.











