Norma’ning yozişiça, hujjat prezidentning "Millatlararo munosabatlar sohasida Özbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida" 2019 yil 15 noyabrdagi PF-5876-son farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilingan.
Davlat organlari va taşkilotlari, mahalliy ijro hokimiyati organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan millatlararo munosabatlar sohasida özaro hamkorligini kuçaytiriş uçun hujjat bilan:
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş böyiça jamoatçilik kengaşlari töğrisidagi namunaviy nizom;
Tumanlar (şaharlar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş böyiça jamoatçilik kengaşlari töğrisidagi namunaviy nizom;
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş böyiça jamoatçilik kengaşlarining namunaviy tarkibi;
Tumanlar (şahar) hokimliklari huzuridagi Millatlararo totuvlik, bağrikenglik va hamjihatlikni ta'minlaş böyiça jamoatçilik kengaşlarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Quyidagilar jamoatçilik kengaşlarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
- turli millat vakillari yaşayotgan hududlar aholisining maişiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini har çorakda muhokama qiliş va hamkorlikda hal etişni taşkil qiliş hamda monitoringini olib boriş;
- millatlararo ixtiloflar va mojarolarning barvaqt oldini oliş va profilaktika qiliş;
- millatlararo munosabatlar sohasida davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlari örtasidagi özaro hamkorlik va ijtimoiy şeriklik mexanizmlarini takomillaştiriş böyiça takliflar beriş;
- millatlararo munosabatlar sohasida davlat siyosati amalga oşirilişi uçun mas'ul bölgan davlat organlari faoliyati böyiça jamoatçilik nazoratini kuçaytiriş.
Hujjat 18.11.2020 yildan kuçga kirdi.










