— Oldingi oçiqlangan ma'lumotlar: öşa vaqtda biz ustuvor maydonça va potensial maydonçalarni aniqlaş böyiça işlar yakunlanganini aytib ötgan edik. Ya'ni Davlat geologiya qömitasi va «Özgaşkliti» davlat unitar korxonasi tomonidan biri Jizzax viloyatida, ikkinçisi Navoiy viloyatida muhandislik-qidiruv işlari amalga oşirilgan edi. Uşbu qidiruv işlari natijalari böyiça 7ta potensial maydonça aniqlangan bölib, ular bir-biri bilan soliştirilgan edi. Soliştiruv natijasiga köra, Atom energetikasini rivojlantiriş böyiça davlat komissiyasi va «Özatom» agentligining ilmiy va ekspertlik kengaşi qöşma yiğinida barça ekspertlar, olimlar, vazirlik, idoralarning mutaxassislari birgalikda körib çiqib, qaror qabul qilingan.
Jizzax viloyatining Foriş tumanida joylaşgan Tuzkon köli yonidagi maydonçani ustuvor maydonça qilib belgilaş böyiça qaror qabul qilingan. Buning belgilaniş sababi – maydonça MAGATE tomonidan hamda Rossiya federatsiyasining norma va qoidalari asosida Özbekistonda hali atom energetikasi maydonçasini aniqlaş böyiça norma, qoidalari mavjud emas. Hukumatlararo bitimga muvofiq, uşbu loyihani amalga oşirişda Rossiya Federatsiyasining normalaridan foydalanişga kelişib olingan. Şu sababli maydonçaning tanlovi MAGATEning tavsiyalari va Rossiya Federatsiyasining normalari böyiça taqiqlaydigan omillar va salbiy omillar böyiça baholangan.
Tanlangan maydonça juda ham unikal. Dunyoda bunday maydonça kam uçraydi. Taqiqlaydigan omillar yöq, ya'ni bu 9 ballik zilzila böladigan uçastkalar, faol bölinişlar bor bölgan uçastkalar. Bunday omillar u yerda mavjud emas. Ikkinçisi, bu salbiy omillar. Bu – yerosti suvlarining nisbatan balandligi. 6 metrdan keyin suv çiqişi – bu muhandislik çora-tadbirlari bilan bemalol yeçiladigan masala. Yerosti gruntlari suvlarini pasaytiriş böyiça çora-tadbirlarni bemalol amalga oşiriş mumkin. Mana şu maydonça raqobatçi bölgan hamma boşqa maydonlardan ustuvor bölgani uçun u ustuvor maydonça deb belgilandi.
Xalqaro missiya, AES qurilişi va rejalar. «Özatom» agentligi vakillari bilan suhbat
Lekin buning ustuvor maydonça deb belgilanişi «böldi, tanlandi, bu oxirgi, yakuniy söz» degani emas. Uşbu sohadagi yadro va radiatsiya xavfsizligi uçun vakolatli va nazorat qiluvçi organ tomonidan ruxsatnoma berilganidan keyingina maydonça tanlangan hisoblanadi. Özbekiston Respublikasida bu organ Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi hisoblanadi. Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi vakolatlari doirasida maydonçada amalga oşiriladigan muhandislik tadqiqot-qidiruv işlari, AESning bölajak loyihasi, AESning xavfsizligini asoslantiruvçi hujjati, undan taşqari, atrof-muhitga loyihaning quriliş va faoliyat davrida ta'sirini örganiş kiradi.









