Energetika vazirligi Özbekistonda sement işlab çiqaruvçi zavodlarga elektr energiyasi yetkazib berilişi töxtamaganini ma'lum qildi.

«Bu yolğon ma'lumot bugun, 25 noyabr kuni 19 mingdan ziyod obunaçiga ega bölgan telegram kanallaridan birida joylaştirilgan. Mazkur telegram kanali egasi u qanday auditoriyani qamrab olişga qodir ekanini hisobga olgan holda har qanday yolğon ma'lumot tarqatiş holati uçun javobgarlikni his qilişi lozim.  

Miş-mişni tasdiqlovçi yoki inkor etuvçi vakolatli manbalarga murojaat qilmay turib, «tarmoq ma'lumotlariga asoslanib» deb yozgan holda mazkur telegram kanali muallifi sement işlab çiqaruvçi aniq korxonalarni tilga oladi va ularga elektr energiyasi yetkazib beriş töxtatib qöyilganini ma'lum qiladi», — deyiladi vazirlik xabarida.

Dispetçerlik markazi ma'lumotlariga köra, 24 noyabr kuni Ohangaron sement zavodiga 605 ming kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan bölib, örta hisobda bu zavodga kuniga 540 ming kVt.soat elektr energiyasi yetkazib beriladi. Jumladan, Quvasoy sement zavodi sutkasiga örtaça 332 ming kVt.soat elektr energiyasi iste'mol qiladi.

Avvalroq Bakiroo telegram kanali muallifi ijtimoiy tarmoqda bildirilgan ma'lumotga asoslanib, «sement işlab çiqaruvçi gigantlar «Ohangaronsement» va «Quvasoysement» işlab çiqariş quvvatlari gaz ta'minotidan uzilgan»i haqida xabar bergandi. Kanal muallifining yozişiça, bu holat garçi mavsum bölmasa-da, sement narxlarining keskin kötarilişiga olib kelgan.

Twitter’dagi «Bobo» akkaunti egasi 25 noyabr kuni Ohangaron sement va Quvasoy sement zavodlari 2 oylik muddatga gaz ta'minotidan uzib qöyilgani haqida xabar bergan.

«Birjada 500-550 sömga tuşgan sement 2 kunda 50 sömga oşdi. Bu yil ham qurilişlarning asosi (bölgan) sement 1000 sömdan ötadi, şekilli», — deya fikr bildirgan tarmoq foydalanuvçisi.

Energetika vazirligi qonunçilikka muvofiq, jismoniy şaxs yolğon xabar tarqatgani uçun qonuniy javobgarlikka tortilişini eslatgan.

«Ma'lum bir auditoriyaga möljallangan har qanday xabar tarqatayotgan kişi bu boradagi mas'uliyati va har qanday isbotini topmagan xabar, odamlarga miş-mişlar va tekşirilmagan ma'lumotlarni yetkazgani uçun javobgarlikka tortilişi mumkinligini aniq his qilişi lozim», — deyiladi vazirlik xabarida.