Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ elektr tarmoqlaridan foydalaniş boş boşqarmasi boşliğining örinbosari Uluğbek Hakimov ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan eski transformatorlardan boşqa hududlarda qayta foydalanilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“1991 yildan 2016 yilga qadar butun Özbekiston böyiça bor-yöği 5 mingga yaqin transformator almaşgan. Sönggi uç yilda esa, 17 mingga yaqin transformatorni yangilaşga erişdik. Bu umumiy körsatkiçning 15-20 foizini taşkil qiladi.

Transformator podstansiyasi şunday uskunaki, yangisini örnatib eskini yeçib olganimizdan söng ta'mirlaş orqali texnik talab darajasiga keltirib, içidagi çöğ lampalarni almaştirib, ma'lum sinovlardan ötkazgandan keyin uni yana işlatiş imkoni mavjud. Unga yana 2-3 «umr baxş etsa» böladi”, - dedi Uluğbek Hakimov.

Uluğbek Hakimov

Uning sözlariga köra, 50-60 yil işlagan eski transformator ma'lum bir texnologik jarayon va sinovlardan ötganidan keyin unga baho beriş işlari amalga oşiriladi.

“Ba'zi qismlari, moylari almaştirilib ta'mirlanadi va sinovlardan ötsa, öşa eski transformatorni yana işlatiş imkoniyati mavjud. Aynan özining eski joyiga emas, balki kamroq quvvat talab qiladigan joyga örnatişimiz ham mumkin. Işlatilgan transformatorlarning hammasini ham taşlab yubormaymiz.

Lekin agar eski transformator [ta'mirdan söng] texnik parametrlarga javob bermasa, albatta uni işlatişga haqqimiz yöq”, - dedi «Hududiy elektr tarmoqlari» jamiyati mutaxassisi.