Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga köra, sessiyada viloyat hokimi Ğofurjon Mirzayev iştirok etdi.
Sessiya işida taşkiliy masala körib çiqildi. Botirjon Mirzaqulov boşqa işga ötganligi munosabati bilan tuman hokimi lavozimidan ozod etildi.
Tuman hokimi lavozimiga şu kungaça Sirdaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliğining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Farrux Öktamjonov tayinlandi.
Farrux Öktamjonov 1985 yilning 19 sentyabrida Sirdaryo tumanida tuğilgan. 2007 yilda Özbekiston Respublikasi IIV Akademiyasini tamomlagan.












