Qayd qilinişiça, Sayxunobod tomorqa va uy xöjaliklaridagi imkoniyatlarni töliq işga soliş böyiça namunaga aylantirilmoqda. 

Davlat rahbari namunaviy tomorqa taşkil etilgan xonadonlarni kirib kördi. Jumladan, Risolat Ğulomova xonadonining 14 sotix tomorqasida şu paytgaça tomorqada sabzi, sarimsoq piyoz ekilib, yerning öttiz foiz imkoniyatidan foydalanilgan. Hokimlik va mutasaddi taşkilotlar kömagida tomorqaga olma va tok köçatlari, ularning orasiga turli kökatlar ekilgan. Bunga qöşimça tovuq, quyon, asalari va soğin sigir boqiş yölga qöyilgan. 

Davlat rahbari şu yerda tomorqa egalari, mahalla faollari bilan suhbatlaşdi. 

«Xalqimiz öz hayotida sezişi uçun hamma işlarni mahallada taşkil qilayapmiz. Endi davlat idoralarining butun imkoniyatlarini har bir köçaga, xonadonga olib kiramiz. Masalan, mahallaga biriktirilgan bank mablağ beriş bilan birga odamlarning dunyoqaraşini ham özgartiradi. Maqsadimiz xalqning daromadini oşiriş, boy qiliş. Albatta, oson bölmaydi. Bu maşaqqatli mehnat, tinimsiz izlaniş, yangi-yangi ğoyalar degani. Lekin bajarsa böladi. Mezon bitta - iqtisodiy kompleks xalqning dardi bilan yaşaydi», dedi prezident. 

Mahalla faollari aholi, umuman, sayxunobodliklar tomorqadan bunday keng foydalanişga katta qiziqiş bildirayotganini aytişdi. Mutasaddilar bu tajribani kengaytirişga, tomorqa egalariga kömaklaşib, mahallalarni işsizlikdan xoli qilişga va’da berdi.