Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga köra, sessiyada viloyat hokimi Ğofurjon Mirzayev iştirok etdi va nutq sözladi.

Sessiya işida taşkiliy masala körib çiqildi. Sessiya qaroriga asosan Alijon Muhammadiyev egallab turgan lavozimidan ozod etilib, tuman hokimi lavozimiga Botirjon Mirzaqulov tayinlandi.

Ma'lumot örnida, Botirjon Mirzaqulov 1970 yilning 23 fevralida Sirdaryo tumanida tuğilgan. 2005 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. 2018 yildan şu kunga qadar Sayxunobod tuman hokimi lavozimida işlab kelgan. 

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni prezident tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda Buxoro viloyatining ikki tumani hamda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani rahbarlarini işdan oliş masalasini qöygandi.

Bundan oldin, Sirdaryo viloyati IIB boşliğining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimida işlab kelgan Farrux Öktamjonov Sayxunobod tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.