Yaponiyaning Fomalhaut Techno Solutions tadqiqot kompaniyasi tahlilçilari Apple’ning yangi smartfonlari iPhone 12 va iPhone 12 Pröning tannarxini hisoblab çiqişdi. Ularning hisob-kitoblariga köra, yangi iPhone 12’ning tannarxi 373 dollarni, iPhone 12 Pröniki esa 406 dollarni taşkil qiladi.
Nikkei naşrining xabar berişiça, yapon kompaniyasi mutaxassislari bu maqsadda smartfonlarni qismlarga bölaklaşgan va ulardagi butlovçi qismlar neça pul turişini aniqlaşgan. Ularning hisob-kitoblariga köra, yangi smartfonlarning eng qimmat butlovçi qismi OLED-ekrani hisoblanadi va uning narxi 70 dollarni taşkil qiladi. Gadjetlarda qöllangan Apple A14 Bionic protsessori 40 dollarga, Samsunğning fleş-xotirasi 19,2 dollarga, SK Hynix DRAM tezkor xotira 12,8 dollarga va Sony’ning fotosensorlari 5,5-7,4 dollarga baholangan.
Yangi iPhone’larda qöllangan butlovçi qismlarning 26,8 foizi Janubiy Koreya kompaniyalarida, 21,9 foizi AQŞda işlab çiqarilgan.
Tahlilçilar gadjetlar tannarxini hisoblaşda qurilmalarni işlab çiqiş, reklama qiliş, marketing, logistika xarajatlarini hisobga olişmagan.
Ayni vaqtda AQŞda iPhone 12 smartfoni 800 dollardan, iPhone 12 Pro esa 1000 dollardan boşlab sotilmoqda.












