25 noyabr kuni Doppelmayr’ning texnik mutaxassislari Böstonliq va Zomin tumanlarida bölib, joylarda dor yöllarini quriş imkoniyatlarini örganişdi. 

Aziz Abduhakimovning sözlariga köra, Zominda ikkita gondol-kreslo tipidagi dor yöli hamda toğ-çanği trassalariga xizmat körsatiş uçun uçta kötaruvçi moslama quriladi. 

“Amirsoy”da ham qöşimça ravişda gondol turdagi dor yöli hamda toğ-çanği trassalariga xizmat körsatuvçi bir neça kötaruvçi moslama quriş rejalaştirilmoqda. Bundan taşqari, yana ikkita manzarali dor yölini quriş közda tutilgan. 

Örganiş işlari doirasida uşbu jarayonlarni tezlaştirişga oid muzokaralar ötkazildi. Doppelmayr’ning texnik mutaxassislari joylarga çiqib, muhandislik-tadqiqot va geologik işlarning topografik tasvirga oliş işlarini boşlaşdi, ularning asosida dor yöllari va kötarmalarning aniq joylaşuv manzillari belgilanadi. 

Uçraşuv yakunlariga köra, Özbekistonda, xususan, Böstonliq va Zomin tumanlarida dor yöllarini rivojlantiriş böyiça hamkorlik memorandumini imzolaşga doir kelişuvga erişildi. 

Avstriyaning Doppelmayr kompaniyasi dor yöllarini quriş va ularni kreslo kötarmalar va gondollar bilan jihozlaşga ixtisoslaşgan. Kompaniya Kitsbyuel (Avstriya), Koblens (Germaniya) va Uistler-Blekkomb (Kanada)da uç dorli 3S gondollarni işlab çiqariş böyiça birinçi bölgan. U şuningdek kötarmalarda isituvçi kreslolar kabi qator innovatsion mahsulotlar bozorida ham faol.