Qozoğistondagi Buxtarmin suv omborida turizm biznesini rivojlantirişga möljallangan orol sotuvga qöyildi. Uning narxi 1,5 milliard tengega (3,54 million dollar) baholanmoqda. Bu haqdagi e'lon 42500_tenge Instagram-profilida joylaştirildi.

Maydoni 225 gektarni taşkil etuvçi orol xususiy mulk hisoblanadi.

«Hududda 100ga yaqin turistik bazalar bor. Maydon relefi plyajlar taşkil etiş uçun qulay», — deyiladi e'londa.

 Rayon hokimi Kalikan Baygonusovning Tengritravel.kz naşriga aytişiça, Gusiniy oroli 1998 yilda qişloq xöjaligi maqsadlarida sotib olingan, keyinçalik boşqa toifaga ötkazilgan.

 «Menimça, uning egasi bu yerning qişloq xöjaligiga heç qanday aloqasi yöqligini tuşungani uçun sotişga urinmoqda. Ammo bu yerda turizm yönalişini rivojlantiriş mumkin – bu yer juda gözal joy», — deya izoh berdi hokim.

 Uning sözlariga köra, agarda pul va mehnat sarflansa, har qanday yer foyda keltiradi.