Birlamçi ma'lumotlarga köra, çaqnaş natijasida uyning bir qismi qulab tuşgan va xonadon sohiblari vayronalar ostida qolgan. Turar joyning zarar yetgan qismidan 1984 yilda tuğilgan I.S., 1987 yilda tuğilgan I.N., 2006 yilda tuğilgan I.R. va 2009 yilda tuğilgan I.S. olib çiqilib, tibbiyot muassasasiga yuborilgan.

Çaqnaş oqibatida 1984 yilda tuğilgan I.S., 2006 yilda tuğilgan I.R. vafot etgan bölib, 1987 yilda tuğilgan I.N. va 2009 yilda tuğilgan I.S. turli darajada tan jarohatlari olgan.

Birlamçi ma'lumotlarga köra, çaqnaşning asosiy sababi sifatida tabiiy gazdan foydalaniş qoidalarining buzilişi taxmin qilinmoqda.

Voqea joyida Toşkent viloyati hokimligi, viloyat IIB, FVB, SSB va tegişli idoralarning kuç va vositalari jalb qilingan bölib, favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş çoralari körilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi gaz va isitiş moslamalaridan foydalaniş qoidalariga rioya qilişni söragan.

Favqulodda vaziyat röy berişi sabablari böyiça ma'lumot taqdim etib boriladi, deyiladi ma'lumotda.