«Örganişlar amalga oşirilmoqda. Örganişlar natijasida agar jinoiy iş qözğatiş uçun asoslar bölsa, tegişli materiallar prokuratura va boşqa tegişli mutasaddi organlarga yuboriladi. Ular jazolanadimi yoki yöqmi, bu masala huquqni muhofaza qiluvçi organlarga tegişli. Çunki tegişli jinoiy iş doirasida örganişlar natijasidagina şu xulosaga keliş mumkin böladi.
Bu xulosani biz çiqarmaymiz, biz faqat material taqdim qilamiz. Tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organlarning qarori asosida bu masala hal qilinadi» – dedi u.
- Eslatib ötamiz, Andijon viloyati hokimligi qoşidagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK rahbari Muhiddin Qodirov va «Qişloq quriliş invest» MÇJ IK Andijon viloyat filiali rahbari Ravşanbek Jabborqulov milliardlab davlat buyurtmalarini özlari va qarindoşlariga tegişli kompaniyalar örtasida «taqsimlagan».
- Jizzax şahrini körkam qiyofaga keltiriş va gullar ekiş böyiça 2 milliard sömdan ortiq ikkita davlat buyurtmasini esa viloyat hokimining qiziga qaraşli korxona qölga kiritgan.
- Xorazmda viloyat hokimining tayinlanganiga bir yil ham bölmagan örinbosarining ukasiga tegişli kompaniya 20 milliard sömlik davlat buyurtmasini olgan.
- Navoiy viloyat hokimligi «Yagona buyurtmaçi xizmati» IK direktori Bahodir Mansurov oilasiga tegişli korxona ham bir neça milliard sömlik davlat buyurtmalarini qölga kiritgan.
Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga murojaatida bundan buyon barça davlat xaridlari jamoatçilik va parlament nazoratida bölişini ta'kidladi.












