Toşkent şahar hokimligi Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi vakillarining 28 kişidan iborat delegatsiyasini qabul qilib, ular uçun 27,6 mln sömlik keçki ovqat taşkil etgan.
Bu jamoatçilikka ma'lum bölganidan söng köp ötmay oçiqlik haqidagi farmon imzolandi. Unga asosan, davlat organlari va taşkilotlari xorijdan kelgan mehmonlarni kutib oliş xarajatlarini oçiqlab borişi belgilandi.
Budjet mablağlari dabdabalar uçun işlatilişining oldini oliş uçun bunday xarajatlar oçiqlanişining özigina yetarlimi? Kun.uz muxbiri uşbu savol bilan Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori örinbosari Umida Töxtaşevaga yuzlandi.
“Juda töğri e'tibor qaratyapsiz. [...] Bu borada heç qanday normativlar mavjud emas. Bu normativlar töğrisida farmonda heç qanday söz yuritilmagan, ammo bu masalani kötarişimiz mumkin.
Çunki veb-sayt orqali bilişgaç keyin, soliq tölovçilar haqli e'tirozlar bildirişi mumkin. Va bu murojaatlar ertaga yangi takliflar işlab çiqişga xizmat qiladi.
Juda ham töğri aytyapmiz, hozirda Özbekistonning iqtisodiyoti, şaroitidan kelib çiqqan holda mablağlar birinçi navbatda qayerga yönaltirilişi kerakligini öylaşimiz kerak. Va ajratiladigan mablağlarning adekvatligini qaytadan körib çiqişimiz kerak”, – dedi Umida Töxtaşeva.
Eslatib ötamiz, Rossiya qahramonlari assotsiatsiyasi – bu jamoa taşkiloti ekani, taşkilot a'zolari Toşkent şahri va qator viloyatlarda davlat budjeti hisobidan mehmon qilingani e'tirozlarga sabab bölgandi.
Mudofaa vazirligi 30 mln sömga 2ta «tilla qoplamali ruçka» xaridi böyiça e'lon berdi












