AQŞning saylangan prezidenti Jozef Bayden Qöşma Ştatlarni Eron yadroviy dasturi böyiça qöşma harakatlar rejasi iştirokçilari tarkibiga qaytarişga tayyorligini tasdiqladi. U The New York Times naşriga bergan intervyusida ana şunday bayonot berdi.
Naşr jurnalisti AQŞning Eron bilan yadroviy kelişuvga qaytişi borasida Baydenning fikri bilan qiziqdi.
“Bu oson bölmaydi, lekin ha”, – deb javob qaytardi Bayden.
Uning sözlariga köra, bölajak ma'muriyat “ittifoqçi va hamkorlar bilan muzokaralar va qöşimça kelişuvlar işlab çiqişda qatnaşiş”ni maqsad qilgan.
Bayden mavjud kelişuvni “mintaqada barqarorlikni ta'minlaydigan eng yaxşi vosita” deb hisoblaşini ta'kidladi. Uning fikriça, aks holda Saudiya Arabistoni, Turkiya, Misr va mintaqadagi boşqa mamlakatlar ham yadro quroli işlab çiqişga urinişi mumkin.
Avvalroq Bayden prezident saylovida ğalaba qozonadigan bölsa, AQŞni yadroviy kelişuvga qaytarişni rejalaştirganini aytgandi.
Yadroviy kelişuv 2015 yilda Eron, Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQŞ, Fransiya va Germaniya tomonidan imzolangan. Kelişuvga köra, BMT hamda AQŞ va Yevroittifoqning bir tomonlama sanksiyalari bekor qilinişi evaziga Tehronning yadroviy işlanmalari çeklanadi. AQŞ 2018 yilda kelişuvdan çiqişini e'lon qildi va Eronga qarşi iqtisodiy sanksiyalar kiritdi.

















