Maktablarda ma'naviy-tarbiyaviy işlar yangiça asosda taşkil etilib, «Milliy ğoya», «Odobnoma», «Dinlar tarixi», «Vatan tuyğusi» kabi fanlar asosida yagona «Tarbiya» fani joriy qilindi.

Deputatlar «Tarbiya» fanini öqitiş böyiça olib borilayotgan taşkiliy işlar bilan qiziqdilar.

«Tarbiya» fani yoşlarni fikrlaşga örgatadigan, ularni milliy qadriyatlarimizga sodiq, vatanparvar etib tarbiyalaşga xizmat qilişi kerak», — dedi Qonunçilik palatasi spikeri N.Ismoilov.

«Tarbiya» fanining öquv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik, tadbirkorlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bağrikenglik, huquqiy madaniyat, innovatsion fikrlaş, mehnatsevarlik kabi könikmalarni şakllantirişga alohida urğu berilgan.

Xususan, bunda milliy an'analar, uluğ allomalarning hayot yöllari, asarlari, zamondoş qahramonlarning faoliyati ibrat sifatida keng foydalanilgan. Mavzularni öqitişda bugun jahon miqyosida ommalaşgan «Loyiha asosida öqitiş», «Qiziqişlar asosida ta'lim beriş», «Art-fest», «Namuna körsatiş», «Misollar orqali öqitiş», «Vaziyatlarni tahlil qiliş» kabi ta'lim berişning ilğor texnologiya va uslublari qöllanilgan.

«Hukumat soati»da uşbu yönalişda olib borilayotgan islohotlarni yanada rivojlantiriş yuzasidan aniq tavsiyalar berildi. Muhokamalar yakunida mazkur yönalişdagi işlar yuzasidan samarali parlament nazoratini ta'minlaşga kelişib olindi», deyiladi Qonunçilik palatasi xabarida.