«Hozirgi zamonda axborotni berkitib bölmaydi. Çunki zamonaviy texnologiyalar şuni körsatyaptiki, axborotni bir joyda berkitgan bilan u baribir çiqadi. Hozir axborot erkin aylanyapti va bu söz erkinligi bilan boğliq.
Özbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyasi rivojlanişi natijasida şaxs söz erkinligi, haq-huquqlarini talab qiliş imkoniga ega böldi. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda öz fikrlarini bildirişyapti. Albatta, u yerda turli fikrlar yuradi, ular orasida tanqidiylari ham bor. Va bu tanqidiy fikrlarni davlat boşqaruvi organlari eşitişi kerak. Özlarining faoliyatini şu berilgan sözlar orqali tahlil qilib, qanaqa muammolar borligi, bu muammolarni qanday qilib yeçiş, ular tizimlimi yoki ayni bir şaxs yoki voqeaga tegişlimi, bularning barçasini davlat boşqaruvi organlari tahlil qilişi kerak. Muloqotga örganişi kerak.
OAV juda köplab tanqidiy materiallarni olib çiqadi. Şu orqali bizning davlat boşqaruvi organlari yangi reallikda, yangi Özbekistonda faoliyatini boşlayapti.
Davlatimiz rahbari «Matbuot bu kimgadir aççiq gapirsa, yoqadi yoki yoqmaydi. Bu yönalişdan biz qaytmaymiz», deb aytdi.
Ötgan yili bajarilgan katta işlardan biri - matbuot xizmatlari taşkil etilgani böldi. Hozirda 1000dan ziyod matbuot kotiblari faoliyatini amalga oşiryapti. Lekin ular qay darajada işlayapti, malakasi va tezkorligi, OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlarni davlat boşqaruvi organlariga qay darajada yetkaza olyapti - şularga e'tibor qaratişimiz kerak.
Pandemiya şaroitida biz kördik: aholimizga tezkorlik bilan davlat boşqaruvi organlari qabul qilayotgan turli qarorlarni yetkazib berişda ehtiyoj sezyapmiz. Axborot vaqtida yetib bormasa, bu turli noxolis axborotlar tarqalişiga sabab böladi.
Biz ba'zida OAV vakillari va blogerlar bunda aybdor degan gaplarni eşitamiz, yöq, bu yerda davlat boşqaruvi organlari jurnalistlar bilan muloqotga tayyor emas.
Agar davlat organlari tezkorlik bilan javob qaytarsa, asossiz ma'lumotlar, fikrlar bildirilişiga örin qolmaydi.
Şuning uçun biz doimiy ravişda davlat organlari oçiqligini ta'minlaş borasida muloqotni kuçaytirişimiz kerak deb bilamiz», dedi AOKA direktori söz erkinligi va OAVni rivojlantiriş jarayonlari mavzusidagi davra suhbatida.
- Eslatib ötamiz, noyabr oyi oxirida Asad Xodjayev nomidan bir qator naşrlarga ogohlantiriş xatlari yuborilgandi. Xususan, Kun.uz saytiga gaz-svet muammosini yozgani uçun yuborilgan xatda tahririyat noxolislikda ayblangan va «jiddiy huquqiy oqibatlar»dan ogohlantirilgandi. Öz navbatida, tahririyat buni «bosim ötkaziş» deb baholadi. Bundan taşqari, yana bir ogohlantiriş xati Daryo.uz internet naşriga yuborilgandi. Şuningdek, AOKA COVID-19 statistikasi böyiça yangilik sababli Gazeta.uz’ni ogohlantirganida, naşr bunga javoban, «Biz ogohlantiriş xatiga tahririyatni «noqulay» savollar berişdan töxtaşga majbur qilişga urinişni eslatadigan keskin javob deb qaraymiz», deya yozgan edi.







