
Sessiyada söz olgan viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Botir Zaripov hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar bilan bir qatorda yöl qöyilgan xato va kamçiliklar xususida töxtaldi.
Tumanda sektor rahbarlari biriktirilgan hududlarda işlarni yetarli darajada taşkil qilmaganligi, prokuratura, içki işlar va davlat soliq idoralari rahbarlari sektor rahbari sifatida oldiga qöyilgan vazifalarni va mas'uliyatini tuşunib yetmaganligi, öz hududidagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilişga töliq kirişmaganligi qayd etildi.

Tumanda kambağal oilalardagi 4 ming 564 nafar mehnatga layoqatli işsiz fuqarolarning 4 ming 503 nafari yoki 98,7 foizining bandligi ta'minlangan bölsa-da, ularning 3 ming 279 nafari yoki jami bandlikning 72,8 foizi doimiy iş joyi bölmagan jamoatçilik va özini özi band qiliş yönalişlariga joylaştirilib, doimiy daromad manbaiga ega bölgan Investitsiya hamda quriliş kompleksi yönalişlarida kambağal fuqarolarning bandligini ta'minlaş işlari qoniqarsiz taşkil etilgani ma'lum qilindi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Ayni paytga qadar "Ğijduvon" EIZ rahbari vazifasida işlab kelgan Xayrullo Jörayev Buxoro tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Tumanning sobiq hokimi Qahramon Döstov boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni prezident tadbirkorlikni rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğilişda Buxoro viloyatining Jondor va Buxoro tumanlari hamda Sirdaryo viloyatining Sirdaryo tumani rahbarlarini işdan oliş masalasini qöygandi.












