Ijtimoiy tarmoqlarda Nexia haydovçisi bir neça YPX avtomaşinalaridan qoçib, boşqa maşinalarga zarar yetkazgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat IIB ma’lumot berdi.

Unga köra, 14 sentabr kuni Buxoro tumanida yaşovçi fuqaro telefonini sotiş jarayonida firibgarlikka uçragani haqida viloyat IIBning 102 raqamiga murojaat qilgan.

Ma’lum bölişiça, noma’lum şaxs telefonni xarid qiliş bahonasida kelib, pulini avtomobilda berişini aytgan va telefonni olib, oq rangli Nexia-3ʼda hodisa joyidan yaşiringan.

Şundan söng «tösib uşlaş» rejasi joriy qilinib, olib borilgan tezkor harakatlar natijasida avtomobil Buxoro şahri I.Karimov köçasida aniqlangan. Uni boşqargan 2003 yilda tuğilgan haydovçi IIO xodimlarining qonuniy talabiga böysunmay, bir neça transport vositalariga zarar yetkazgan.

Mazkur şaxs va avtomaşina uşlanib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi hamda 166-moddasi 3-qismi böyiça jinoyat işi qözğatildi. U hozirda qamoqqa olingan.

Holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.