
Buxoro viloyatida ikki mansabdor ustidan korrupsiyaviy ayb bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Kun.uz manbasining ma’lum qilişiça, Markaziy bankning Buxoro viloyati boşqarmasi boşliği Erkin Mansurov va Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrillo Jörayev hibsga olingan. Buni tahririyatga Buxoro viloyati prokuraturasi ham tasdiqladi.
Manbaning bildirişiça, MBning Buxoro viloyati böyiça boşliği Erkin Mansurovga nisbatan özlaştiriş yoki rastrata yöli bilan talon-toroj qiliş hamda mansab soxtakorligi moddalari böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
U jinoiy guruhlar bilan til biriktirib, noqonuniy kredit ajratişga yordam berganlikda va qariyb 20 mln dollar miqdoridagi pul mablağlarini özlaştirişda iştirok etganlikda gumonlanyapti. Mansurov bilan boğliq jinoyat işini Boş prokuratura tergov qilyapti
Erkin Mansurov 1979 yil 11 iyulda Vobkent tumanida tuğilgan. U 2021 yilning dekabr oyi oxirida Markaziy bank Buxoro viloyati boş boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlangan. Bungaça Ipotekabank Buxoro viloyat filiali boşqaruvçisi sifatida faoliyat yuritgan.

Buxoro tumani sobiq hokimi Xayrullo Jörayev esa Jinoyat kodeksining 205-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qiliş) 2-qismi "a" bandi, 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş) 1-qismi, 209-modda (mansab soxtakorligi) 2-qismi "a" bandi, 229-4-moddasi (özboşimçalik bilan yer beriş tartibini buziş) 2-qismi "a" bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Jinoyat işlari böyiça Buxoro şahar sudining 2023 yil 16 dekabrdagi ajrimi bilan, Buxoro viloyati prokurorining birinçi örinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilib, Jörayevga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllangan












