Xalq deputatlari Buxoro tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi. Sessiyada viloyat hokimi Botir Zaripov nutq sözladi.
«Buxoro şahrining atrofida joylaşgan, qulay infratuzilmaga ega tumanda mavjud barça imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti, desak xato bölmaydi. Ayniqsa, hududda investitsiyalarni jalb etiş borasidagi işlar qoniqarsiz bölib, bu holat prezidentimiz raisligida ötgan videoselektor yiğilişida qattiq tanqid qilindi hamda tuman hokimi Xayrullo Jörayev egallab turgan lavozimidan ozod qilindi», dedi Botir Zaripov.
Şundan söng viloyat hokimi Xayrullo Jörayevni Buxoro tumani hokimi lavozimidan ozod etiş töğrisidagi qarorni öqib eşittirdi. Uşbu masala ovozga qöyilib, deputatlar tomonidan ma’qullandi.
«Buxoro Agro Eksport taşqi savdo» mas’uliyati çeklangan jamiyatiga rahbarlik qilib kelayotgan Halim Safarov nomzodi Buxoro tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlaş töğrisida viloyat hokimining qarori qabul qilingani deputatlarga ma’lum qilindi.
Halim Safarov 1973 yil 2 mayda Buxoro şahrida tuğilgan. 1995 yilda Buxoro davlat universiteti, 2008 yilda Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi instituti, 2023 yilda Qozon federal universiteti (magistratura)ni tugatgan.
Halim Safarov neft-gaz sohasida va tadbirkorlik tizimida faoliyat körsatgan. Oxirgi yillarda «Yevrosnar» mas’uliyati çeklangan jamiyati boş direktori lavozimida işlagan. Hozirga qadar «Buxoro Agro Eksport taşqi savdo» mas’uliyati çeklangan jamiyatiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.
- Muqaddam «Ğijduvon» EIZ rahbari Xayrullo Jörayev 2020 yil dekabrida Buxoro tumani hokimi etib tasdiqlangandi. 2023 yil iyulida prezident raisligidagi yiğilişda öndan ortiq tuman va şahar hokimlari qatorida uni ham işdan olişga körsatma berilgandi.













