Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markazini borib kördi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu yerda quriliş va ta'mirlaş işlari amalga oşirilgan. 450 örinli konsert zali, tögarak xonalari, sport zallari ta'mirlanib, zamonaviy jihozlangan. 

Davlat rahbari jamiyat a'zolari bilan muloqot qilib, ularning dardu taşvişlari, sohadagi kamçiliklarni söradi. 

Kar-soqov bolalarni öqituvçi mutaxassislar va surdotarjimonlar tayyorlaş masalasiga e'tibor qaratildi. 

Şavkat Mirziyoyev aholining mazkur qatlami savodxonligi, tarbiyasi, işlaşi, dam oliş va davolaniş şaroitlarini yaxşilaş maqsadida alohida qaror tayyorlaş böyiça topşiriq berdi.

Şaxmat böyiça jahon çempioni Sirojiddin Zayniddinov, taekvondo böyiça Osiyo çempionati sovrindori Davron Xidirov, yoş rejissyor Oleg Oşipenkoga Toşkent şahridan uy, madaniyat markazi uçun ikkita avtobus sovğa qildi.

Bilasizki, davlat xalqqa xizmat qiladi, degan tamoyilni özimizga maqsad qilib olganmiz. Sizlar ham jamiyatimizning munosib a'zosisizlar. Uşbu sohaga hamma şaroitlarni yaratamiz. Özbekistondagi har bir odam men uçun qadrli, dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining 2018 yil 11 iyundagi “Aholining ijtimoiy zaif qatlami bandligini ta'minlaşni rağbatlantirişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori asosida alohida toifadagi tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş, nogironligi bölgan şaxslarni mehnat faoliyatiga jalb etişga imtiyozlar berilgan.

Şu maqsadda Özbekiston karlar jamiyati hududida tikuvçilik korxonasi taşkil etilgan. Unga 100 dan ziyod xotin-qiz işga joylaştirilgan.

Prezident uşbu korxonani közdan keçirdi, tikuvçi ayollar bilan suhbatlaşdi. Amalga oşirilayotgan bunday işlar izçil davom etişini, nogironligi bölgan şaxslar uçun iş joylari taşkil etişga alohida e'tibor qaratilişini ta'kidladi.