Özbekistonda endilikda bola 7 yoşga töladigan yilda 1-sinfga qabul qilinadi. Bu haqda xalq ta'limi vaziri örinbosari Usmon Şarifxöjayevga asoslanib, Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Şu paytgaça bolani neça yoşdan maktabga beriş masalasi ota-onalar tomonidan turliça talqin qilinardi. Normativ hujjatlarda 6–7 yoş deb belgilangan. Boşqa tartibda esa psixolog xulosasiga köra, bola maktabga tayyor bölsa, muddatidan oldin 6 yoşda qabul qilinişi mumkin, degan talqinlar ham bölgan va bu köplab e'tirozlarga sabab böldi.
Bu vaziyatdan kimdir öz moddiy manfaati yölida foydalanişi ham mumkin. Şu sababli xalqaro tajribadan kelib çiqib, 6 yoşli bolalarni maktabga tayyorlov majburiy ravişda qonunga kiritildi.
Joriy yil 23 sentyabrda kuçga kirgan «Ta'lim töğrisida»gi qonunga asosan, 2021/22 öquv yilidan boşlab bola 7 yoşga töladigan yilda maktabga qabul qiliş tizimi amal qiladi. Bu esa ota-onalar va pedagoglar örtasidagi özaro tuşunmovçiliklarga barham beradi», – dedi Şarifxöjayev 3 dekabr kuni xalq ta'limi tizimidagi korrupsiya mavzusida taşkil etilgan matbuot anjumanida.

















