Normal holatda biror vaksina yaratiş uçun köp yillar kerak böladi. Lekin koronavirus yuqiş ehtimoli yuqoriligi va favqulodda tez tarqalgani uçun unga qarşi vaksina odatdagidan tezroq yaratilişi mumkin.
Hozirda olimlar 57 vaksinani odamlarda sinab körişyapti, yana 87 loyiha hayvonlarda sinaladigan bosqiçda.
Bu borada işlar yanvar oyida boşlangan bölib, vaksina martda ilk bor odamlarda sinab körildi. Hozirda 13 loyiha sönggi sinovlar bosqiçida turibdi. Ularning ayrimlarigina muvaffaqiyatli yakun topib, inson immun tizimida virusga qarşi antitanaçalar hosil qilişi mumkin.
Vaksina yaratiş quyidagi bosqiçlardan ötadi:
Klinikoldi sinovlar (preclinical testing). Mutaxassislar yangi vaksinani hujayralarda sinab köradilar va uni siçqon yo maymunlarga berib, ularning immun tizimiga ta'sirini örganişadi. Hozirda 87ta loyiha klinikoldi sinovlarda ekani ma'lum.
1-faza. Ehtiyot sinovlari (safety trials). Olimlar vaksinani odamlarning kiçik guruhlariga berib köradilar. Bu bilan vaksinaning xavfsizligi va dozasini, şuningdek, immun tizimining unga reaksiyasini sinab köradilar.
2-faza. Kengaytirilgan sinovlar (expanded trials). Olimlar vaksinani bolalar, qariyalardan iborat turli guruhlardagi yuzlab odamlarda sinab köradilar. Bu bosqiçda vaksinaning xavfsizligi va inson immun tizimini qay darajada kuçaytira olişini kuzatadilar.
3-faza. Samaradorlik sinovlari (efficacy trials). Mutaxassislar vaksinani minglab odamlarda sinab köradilar. Uşbu bosqiçda preparatning koronavirusga qarşi tura oliş-olmasligi aniqlanadi. Amerika oziq-ovqat va dori-darmonni nazorat qömitasi (FDA) kamida 50 foiz natija bölişini tavsiya qildi. Bu bosqiçda, şuningdek, avvalgi bosqiçlarda kuzatilmagan nojöya ta'sirlarni aniqlaş imkoni böladi.
Erta yoki çeklangan tasdiq (early or limited approval). Xitoy (Ad5-nCoV) va Rossiya («Sputnik V») özlari işlab çiqayotgan vaksinalarning 3-bosqiç natijalarini kutmasdan iste'molga yaroqli deb tasdiqladi. Ekspertlarning fikriça, şoşilinç xulosalar jiddiy oqibatlarga olib keladi.
Tasdiq (approval). Har bir davlatdagi nazorat qiluvçi organ yoki taşkilot sinovlar natijalarini körib çiqib, vaksinani tasdiqlaş yo tasdiqlamaslik haqida qaror qabul qilişadi. Pandemiya davrida vaksina rasman tasdiqdan ötguniga qadar favqulodda foydalanişga ruxsat berilişi mumkin. Vaksinaga litsenziya berilganidan keyin ham, tadqiqotçilar emlanganlarni kuzatişda davom etib, preparat xavfsiz va samarali ekaniga işonç hosil qilişlari lozim.
















