Uşbu korxona texnik va texnologik jihatdan xalqaro miqyosdagi yirik majmualar qatoriga kiradi. Bu yerda Italiya, Germaniya, Rossiya, Avstriya, Şveytsariya, Janubiy Koreya kabi 27 ta mamlakatdan asbob-uskunalar keltirib örnatilgan. Işlab çiqariş, nazorat qiliş va boşqariş jarayonlari avtomatlaştirilgan. 

Eng muhimi, zavodda “yaşil” texnologiyalar qöllangan. Çiqindilarni qisqartirib, qat'iy ekologik me'yorlarga amal qiladigan, çiqindi gazlarni uşlab qoladigan, oqova suvlarni tozalaydigan va boşqa zarur uskunalar bilan jihozlangan.

Majmua mutasaddilari işlab çiqaruvçilar bilan yölga qöyiladigan kooperatsiya aloqalari haqida ma'lumot berdi. Zavod mahsulotlariga hozirning özidayoq önlab korxonalardan buyurtmalar tuşayotgani aytildi.

- Metall muammo bölgani uçun sanoatda zanjir yöq edi. Bu zavod işga tuşişi bilan talab yuqori bölgan metallurgiya mahsulotini işlab çiqariş zanjiri şakllanadi. Hududlarda yana yuzlab korxonalarning barpo etilişi uçun juda katta zamin böladi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari zavodning şourumida ham bölib, bu yerda işlab çiqariladigan mahsulotlar namunalarini közdan keçirdi.

Esdalik uçun daraxt köçati ekildi.