Oçarçilik yoqasidagi odamlar sonining tez ösayotganligi sababli kelasi yil halokatli bölişi mumkin. Bu haqda BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ijroçi direktori Devid Bizli ma'lum qildi.

 Uning sözlariga köra, “COVID-19 sababli oçarçilikdan ölişi mumkin bölgan insonlar soni 135 milliondan 270 million nafarga yetgan”.

“2021 yil BMT taşkil etilganidan buyon eng jiddiy gumanitar inqiroz yili bölişi mumkin”, — dedi Bizli BMT Boş assambleyasining koronavirusga qarşi kuraş böyiça maxsus sessiyasida.

 U şu bois dunyo yetakçilari va xalqaro taşkilotlarni “oçarçilik va migratsiyani keltirib çiqaruvçi sabablarga qarşi kuraşni moliyalaştirişga ustuvor e'tibor qaratişga” çaqirdi.

 Avvalroq Indoneziyaning Bali orolida ommaviy oçarçilik kuçaygani xabar qilingandi.